5 iyul kuni tunda O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
1 iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Qayd etilishicha, “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda.
Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 7 million 440 ming dozani tashkil qilmoqda.