Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yiliik qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan past bosimli maydon aniqlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduz kunlari +32…+37 daraja, janubda +40…+42 darajagachani tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
13−15 iyulda respublikaning ayrim hududlarida shamolning tezligi 15−20 m/s gacha mahalliy kuchayishi mumkin.