Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel 16 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha konferensiyada so‘zga chiqib, Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.
«Biz, bugun shu yerga yig‘ilganlar — qo‘shni davlatlar, mintaqaviy manfaatdor tomonlar, xalqaro hamkorlar — Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotni ilgari surish borasida jamoaviy mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz», — deya ta’kidladi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
«Biz buni zo‘ravonlik qo‘llab-quvvatlanmagan va davom ettirilmagan muzokaralarga asoslangan tinchlik foydasiga konstruktiv jalb etish yo‘li bilan amalga oshirishimiz lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Jozep Borel, shuningdek, YeI Afg‘onistondagi mojaroi siyosiy yo‘l bilan hal qilish orqali ushbu mamlakatdagi inklyuziv jarayonni qat’iy ravishda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» harakatining harbiy g‘alabasi «butun hududning tan olinmasligi va izolyatsiya qilinishiga olib keladi».
Yevropa diplomatiyasi rahbari Afg‘onistonning YeV bilan kelgusidagi hamkorligi ushbu mamlakatda so‘nggi o‘n yillik davomida sodir bo‘lgan demokratik yutuqlar asosida barpo etilishini ta’kidladi.