«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda uyda tayyorlasa bo‘ladigan muzqaymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qaymoqli muzqaymoq
Mana bunday qaymoqli muzqaymoqni tayyorlash juda ham oson — maxsus idish ham, muntazam aralashtirib turish ham shart emas. 3 xil masalliq va natijasi sizga shubhasiz yoqadi.
Rezavor mevalardan tayyorlangan muzqaymoq
Bu muzqaymoqning yaxshi tomoni shunda-ki, u vazningizning oshib ketishiga sababchi bo‘lmaydi. Bananlarning muzlatilishi sababdan ham, muzqaymoq kremsimon ta’mga ega bo‘ladi. Rezavor mevalardan xohlaganingizni solishingiz mumkin.
Yogurtli muzqaymoq
Rezavor mevalar, yogurt va asal solib tayyorlaniladigan bu muzqaymoq nafaqat mazali, balki juda foydali hamdir.
Shaftolili muzqaymoq
Shaftolili muzqaymoq ham xuddi qolganlariga o‘xshab, uy sharoitida tez va oson tayyorlanadi. Agarda retsept to‘g‘ri tanlansa, bu jarayon yanada oson kechadi.
Shokoladli muzqaymoq
Ushbu retsept bo‘yicha tayyorlangan muzqaymoq juda nozik va mazali bo‘lib chiqadi. Uni oldindan tayyorlab qo‘yib, so‘ngra istalgan payt dasturxonga tortishingiz mumkin.
Banan va rezavor mevalardan muzqaymoq
Banan va rezavor mevalardan tayyorlaniladigan bu muzqaymoq juda mazali bo‘lib, ishoning, hech bir mashhur brendli muzqaymoq unga tenglasha olmaydi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15