Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari birinchi kuni uchun O‘zbekiston vakillari ishtiroki jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan).Musobaqalarning birinchi kunida 11 nafar sportchi qatnashadi.
Jadval. 1-kun
Sport turi | Topshiriq | ISHO | O‘tkazish vaqti |
Merganlik sporti | 10 m, miltiqdan otish | Muxtasar Tohirova | 04:30 |
Qilichbozlik | Sablya, yakkalik bahs, 1/32 final | Sherzod Mamutov — Yulian Teodosiu (Ruminiya) | 05:30 |
Qilichbozlik | shpaga, yakkalik bahs | Malika Hakimova — Sun Iven (Xitoy) | 07:25 |
Dzyudo | 60 kg, 1/8 final | Sharofiddin Lutfillayev — Ukraina va Gvatemala vakillari bahsi g‘olibi bilan | 08:05 |
Velosport | shosse, guruh poygasi, 234 km | Murodjon Xolmurodov | 06:50 |
Tennis | yakkalik razryad | Denis Istomin — Sumit Nagal (Hindiston) | 07:00 |
Akademik eshkak eshish | juftlik, kvalifikatsiya, to‘rtinchi yo‘lak, 1-guruh | Shaxboz Xolmirzayev, Sobir Safaroliyev | 07:20 |
Boks | 91 kg, kvalifikatsiya | Sanjar Tursunov — Abdulxafid Benshabla (Jazoir) | 10:12 |
69 kg, kvalifikatsiya | Shaxnoza Yunusova — Karolina Koshevskaya (Polsha) | 07:30 | |
Sport gimnastikasi | ko‘pkurash,saralash bosqichi | Rasuljon Abdurahimov | 15:30 |