Milliy olimpiya qo‘mitasi 27 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi(Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).
To‘rtinchi kuni musobaqalarda 22 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bahslarda O‘zbekiston nomidan 5 nafar sportchi ishtirok etadi.
Jadval. 4-kun
Sport turi | Yo‘nalish | Ism-sharifi | O‘tkazish vaqti |
Taekvondo | +67 kg, 1/8 final | Svetlana Osipova — Jansel Deniz (Qozog‘iston) | 07:00 |
Dzyudo | -63 kg, 1/16 final | Farangiz Xojiyeva — Sandrin Bile (Kabo-Verde) | 07:00 |
-81 kg, 1/16 final | Sharofiddin Boltaboyev — Xyugo Kambo (Vanuatu) | 08:24 | |
Boks | -81 kg, 1/8 final | Bobousmon Baturov — Rogan Polanko Dominikan Respublikasi | 07:15 |
Suzish | 100 m erkin usul, saralash | Xurshidjon Tursunov | 15:09 |
MOQ eshkakchilar Shahboz Xolmirzayev va Sodir Safaraliyevning 05:00 da ishtirok etishi haqida xabar berdi, biroq XOQ jadvalida mazkur sport turi bo‘yicha musobaqa rejalashtirilmagan.