Milliy olimpiya qo‘mitasi 28 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).
To‘rtinchi kuni musobaqalarda 11 ta sport turidan 23 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bahslarda O‘zbekiston nomidan 4 nafar sportchi ishtirok etadi.
Jadval. 5-kun
Sport turi | Yo‘nalish | Ism-sharifi | O‘tkazish vaqti |
Dzyudo | -70 kg, 1/16 final | Gulnoza Matniyazova — Demos Memnelum (Chad) | 07:00 |
-90 kg, 1/16 final | Davlat Bobonov — Nikolas Mungay (Italiya) | 07:45 | |
Boks | -57 kg, 1/8 final | Mirazizbek Mirzaxalilov — Kurt Uoker (Irlandiya) | 08:36 |
-81 kg, 1/8 final | Dilshod Ro‘zmetov — Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) | 16:27 |
Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston bitta oltin medal bilan turnir jadvalida 23-o‘rinda edi.