Turizm va sport vazirligi 30 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).
Ertadan musobaqalarga yengil atletikachilarimiz ham qo‘shiladi, ayollar o‘rtasida uch xatlab sakrash bo‘yicha saralash bahslarida hamyurtimiz Roksana Xudoyarova o‘z omadini sinab ko‘radi.
Jadval. 7-kun
Sport turi | Yo‘nalish | Ism-sharifi |
| |
Dzyudo | +100 kg | Bekmurod Oltiboyev | 07:45 | |
Boks | 63−69 kg | Bobousmon Baturov — Pet Makkormak (Britaniya) | 08:35 | |
-51 kg | Rayhona Qodirova — Naomi Yumba (Kongo DR) | 13:15 | ||
Yengil atletika | uch hatlab sakrash | Roksana Xudoyorova | 15:05 | |
Suzish | 50 m, erkin usul | Natalya Kritinina | 15:35 |
Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston bitta oltin va bitta bronza medali bilan turnir jadvalining 28-pog‘onasini egallab turibdi.