Milliy olimpiya qo‘mitasi 31 iyul kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).
Musobaqaning oltinchi kuni 21ta medallar to‘plami o‘ynaladi. O‘zbekistonliklar dzyudo bo‘yicha jamoaviy aralash yo‘nalishdagi musobaqada, shuningdek, boks va o‘q otish bellashuvlarida ishtirok etishadi.
Jadval. 8-kun
Sport turi | Yo‘nalish | Ism-sharifi | O‘tkazish vaqti |
Dzyudo | jamoaviy aralash, 1/8 final | O‘zbekiston — Niderlandiya (9×9) | 07:25 |
Boks | -52 kg, 1/8 final | Shahobidin Zoirov — Daniel David Varela de Pina (Kabo-Verde) | 07:30 |
-63 kg, 1/8 final | Elnur Abduraimov — Baxodur Usmanov (Tojikiston) | 08:51 | |
O‘q otish sporti | uch xil holatda o‘q otish, 50 m | Muxtasar Tohirova | 08:00 |
Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston bitta oltin va bitta bronza medali bilan turnir jadvalining 31-pog‘onasini egallab turibdi.