«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda shaftolidan tayyorlanadigan shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Shaftolili «Svetayevskiy» pirogi
«Svetayevskiy» pirogi — bizga tanish bo‘lgan eng oson tayyorlanadigan, mazali piroglardan biridir. Asosiga biz olma o‘rniga shaftolilardan soldik.
Shaftolili yozgi pirog
Ushbu shaftolili mayin pirog choy uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘la oladi. Tayyorlanishi juda oson, og‘izda eriydigan pirog — sizning eng sevimli retseptlaringiz orasidan joy olishi aniq.
Shaftoli va tvorogli xamirdan tayyorlangan pirog
Yangi uzilgan shaftolilar va tvorog solib pishiriladigan pirog ajoyib va juda nafis ta’mda bo‘lib, tayyorlash jarayonining juda oddiyligi esa ko‘pchilikni quvontirishi aniq.
Shaftoli-qovunli smuzi
Qovun va shaftolili smuzi — ajoyib ta’mli kokteyl bo‘lib, ham juda xushbo‘y, ham to‘yimlidir. Bunday smuzi organizmni tetiklashtirib, kun bo‘yi ko‘tarinki kayfiyatda yurishingizni ta’minlaydi.
Shaftoli va malinali smuzi
Meva-chevalar yoz faslida sevib va to‘yib iste’mol qiladigan mahsulotlarimizdan biridir. Shaftoli va malinadan esa ajoyib ko‘rinishli smuzi tayyorlash mumkin. Retsept bilan esa hoziroq tanishib oling.
Shaftolili pirog
Shaftoli va tayyor qatlama xamirdan tayyorlaniladigan mazali pirog retseptini sizlarga taqdim etamiz. Ushbu pirogga olma, nok, o‘rik, olcha, qorag‘at yoki malina singari istalgan mevalarni qo‘shish mumkin.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15