Yoshimasa Takakura 2014 yilda The Kimono Project`ni boshlagan. U quyosh chiqar mamlakatning an’anaviy libosi orqali dunyoni Yaponiya madaniyati bilan tanishtirmoqchi edi.
Yoshimasa Takakura. Foto: inspirationsstudios.com
1964 yilda Yaponiyada o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida milliy kimono libosini kiygan ayollar medallarni taqdim etganidan so‘ng, Takakura har bir mamlakatning madaniyatini aks etuvchi kimonolarni yaratishga ilhomlangan.
2020 yilgi Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan mamlakatlarga bag‘ishlangan kimono kolleksiyasidagi har bir libosda, barcha mamlakatlarning o‘z madaniyati, tarixi va tabiatini mujassam etgan noyob dizayn ishlab chiqilgan.
«Sport singari, san’at olami ham chegara bilmaydi deb hisoblayman», — deydi Takakura.
Hammasi bo‘lib, to‘plamda 213 ta kimono bor.
O‘zbekiston kimonosi
O‘zbekiston uchun yaratilgan kimonoda Samarqanddagi «Registon» ansambli va Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining tasviri tushirilgan. Kimono o‘zbekona naqshlar va Yaponiyaning milliy ramzi — sakura daraxtining gullari bilan bezatilgan. Shuningdek, unda o‘zbek milliy matosi — atlasni ham ko‘rish mumkin.
Boshqa mamlakatlar
Qozog‘iston
Tojikiston
Qirg‘iziston
Turkmaniston
Afg‘oniston
Saudiya Arabistoni
Janubiy Koreya
Mo‘g‘uliston
Keniya Respublikasi
Misr
Zimbabve
Albaniya
Angliya
Moldova
Litva
Rossiya Federatsiyasi
AQSh
Livan
Qolgan barcha kimonolarni The Kimono Project`ning rasmiy saytida ko‘rish mumkin.