Xalq bankida muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani sababli tijorat kreditlari vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.
«Ammo yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan ushbu kreditlarni berish yo‘lga qo‘yiladi», — deyiladi xabarda.
Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda. Bu yo‘nalishdagi kreditlar muammoli kreditlari ko‘p bo‘lmagan va kreditlar o‘z vaqtida qaytayotgan filiallarda qaytgan mablag‘lar hisobidan beriladi.
Markaziy bank statistikasiga ko‘ra, 1 iyul holatida Xalq banki portfelidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 15 foizni (21,3 trln so‘mning 3,2 trln so‘mi). Bu esa davlat banklari o‘rtasida «O‘zagroeksportbank»dan (62,6%) keyingi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Iyun oyi boshida esa Xalq bankining muammoli kreditlari hajmi 6 foiz (20,9 rln so‘mdan 1,26 trln so‘mi) darajasida edi.
Ma’lumot uchun: Muammoli kreditlar (NPL, Non-performing loan, ishlamaydigan kreditlar) to‘lash muddati 90 kundan oshib ketgan hamda qoniqarsiz, shubhali va umidsiz deya toifalanuvchi kreditlarni o‘z ichiga oladi.
1 yanvarda | 1 fevralda | 1 martda | 1 aprelda | 1 mayda | 1 iyunda | 1 iyulda | |
Kredit portfeli | 18 792 | 18 798 | 18 903 | 19 360 | 20 183 | 20 987 | 21 348 |
muammoli kreditlar (NPL) | 533 | 550 | 719 | 813 | 1 185 | 1 266 | 3 204 |
Ulush | 2,8% | 2,9% | 3,8% | 4,2% | 5,9% | 6,0% | 15,0% |