4 avgust kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida hukumatlararo hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Marosimda korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.

Hujjatlarni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum imzoladilar.