Milliy olimpiya qo‘mitasi 5 avgust kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).
13-kuni 29 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. O‘zbekiston nomidan sakkiz nafar sportchi musobaqalarda ishtirok etadi.
Jadval. 13-kun
Sport turi | Musobaqa | Ism-sharifi | O‘tkazish vaqti |
Yengil atletika | balandlikka sakrash, saralash | Svetlana Radzivil | 05:10 |
balandlikka sakrash, saralash | Safina Sadullayeva | 05:10 | |
yettikurash, uzunlikka sakrash | Yekaterina Voronina | 05:40 | |
yettikurash, nayza uloqtirish | 09:40 | ||
Zamonaviy beshkurash | qilichbozlik, saralash | Alise Faxrutdinova | 09:00 |
Aleksandr Savkin | 12:30 | ||
Erkin kurash | -86 kg, qo‘shimcha bronza medili uchun | Javrail Shapiyev — Stefan Reyxmut (Shveysariya) | 07:20 |
-57 kg, qo‘shimcha bronza medali uchun | G‘ulomjon Abdullayev — Tomas Gilman (AQSh) | 07:00 | |
-74 kg, 1/8 final | Bekzod Abdurahmonov — Franklin Gomes (Puerto-Riko) | 08:20 |
Kurash bo‘yicha musobaqalar 1/8 finaldan boshlanadi. Finalga yetib borganlar «oltin» va «kumush» medallar uchun kurashadi, turnir jarayonida finalchiga yutqazib qo‘ygan sportchiga esa bronza medalini yutib olish uchun qo‘shimcha imkoniyat beriladi.
Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston ikkita oltin va bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 30-o‘rinda borayotgan edi.