30 iyul kuni Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushgani haqida xabar berilgan edi.
Hodisa ko‘p yillik «texnogen jarayonlar» — issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida sodir bo‘lganligi aytilgandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning xabar berishicha, madaniy meros obyekti hisoblangan «Abdullaxon» madrasasi devorining bir qismi qulab tushganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.