5 avgust kuni Turkmanistonning Turkmanboshi shahri «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari — Shavkat Mirziyoyev, Gurbanguli Berdimuhammedov, Qasim Jomart-Toqayev, Sadir Japarov va Emomali Rahmonlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati.
Foto: AkordaPress
Foto: prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
E’tiborli tomoni, Qasim Jomart-Toqayev uchrashuvga Qozog‘iston Olimpiya terma jamoasining rasmiy libosida tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 6 avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.