Milliy olimpiya qo‘mitasi 6 avgust kuni Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar chiqishlari jadvalini e’lon qildi (Toshkent vaqti ko‘rsatilgan).
14-kuni 23 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. O‘zbekiston nomidan 6 nafar sportchi musobaqalarda ishtirok etadi.
Jadval. 14-kun
Sport turi | Musobaqa | Ism-sharifi | O‘tkazish vaqti |
Badiiy gimnastika | shaxsiy ko‘pkurash (to‘rtta chiqish), saralash | Yekaterina Fetisova | 06:20 |
Baydarka va kanoeda eshkak eshish | kanoe-ikkilik, 500 m | Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova | 05:30 |
Zamonaviy ko‘pkurash | qilichbozlik, bonus-raund | Alise Faxrutdinova | 10:36 |
11:45 | |||
suzish, 200 m ga erkin usulda | |||
Erkin kurash | -74 kg, qo‘shimcha bronza uchun jang | Bekzod Abdurahmonov — Augusto Midana (Gvineya-Bisau) — Daniyar Kaysanov (Qozog‘iston) | 07:10 |
-97 kg, 1/8 final | Magomed Ibragimov — Suleyman Karadeniz (Tursiya) | 08:10 |
Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston ikki oltin va bir bronza medali bilan turnir jadvalining 32-pog‘onasidan joy olgan edi.