9 avgust kuni O‘zbekistonda 891 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 138 382 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 131 781 (+875) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 9 avgustda 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 941 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 457 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 15 399 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 103 nafarga yetdi.