O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni Shvetsiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu uchrashuv Stokgolmdagi “Friends” stadionida o‘tkaziladi.
OFK kalendariga muvofiq, 30 avgustdan 7 sentyabrga qadar Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu muddat mobaynida Toshkent va Stokgolm shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets tayinlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.