21 va 22 avgust kunlari O‘zbekiston hududida oxirgi 2 kun ichida boshlangan harorat ko‘tarilishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

19 avgust kuni tushdan keyin kunduz kungi havo harorati o‘zining me’yoriy qiymatlariga yetdi. Bugun va dam olish kunlarida esa kunduz kunlari havo +36…+38 darajagacha isiydi. Kechalari harorat ko‘tariladi, yakshanba kuniga kelib, harorat +20…+22 daraja qiymatiga yetadi. Dam olish kunlarida harorat me’yordan +2…+4 darajaga yuqori bo‘ladi.

Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha tekislik hududida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.