Rasul Kusherbayev aeroportda rasmga tushish mumkin emasligini tanqid qildi

O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab samolyotlarda suratga olish taqiqlangan. Shuningdek, yo‘lovchilarga orqa fonda samolyot bilan suratga tushishga ham taqiq mavjud. 2018 yildan boshlab mamlakatda jamoat joylarida, jumladan, Toshkent teleminorasida va metroda erkin suratga olishga ruxsat berilgan. Deputat Rasul Kusherbayev samolyot fonida rasmga tushish mumkin emasligini tanqid qildi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar bitta oltin va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Boburjon Omonov Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni, yana bir para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik para-suzuvchi Shohsanam Toshpo‘latova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sirdaryoda 9,2 mlrd so‘mlik noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘yildi

Huquqni muhofaza qilish organlari Sirdaryo viloyatida kripto-aktiv qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi. Koreya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 3 nafar gumondor 9,2 mlrd so‘mlik 3529 dona kompyuter qurilmasidan va 265,2 mln so‘mlik elektr energiyadan qonunga zid ravishda foydalanib kelganligi aytilmoqda.

G‘ofur Rahimov homiyligida Quyichirchiqda STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab ochildi

Tadbirkor G‘ofur Rahimov homiyligida Quyichirchiq tumanidagi 45-maktabning eski binosi o‘rnida STEM fanlariga ixtisoslashgan ta’lim maskani bunyod etildi. 600 o‘ringa mo‘ljallangan maktab zamonaviy jihozlar va so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

O‘zbekiston va Germaniya Afg‘onistondan evakuatsiya qilish yo‘llarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirlari «Afg‘oniston hamda favqulodda holatda xalqaro hamkorlik masalalari» ni muhokama qilishdi. Xususan, Germaniya fuqarolari va afg‘on xodimlarini havo va quruqlik orqali evakuatsiya qilish tafsilotlari kelishilmoqda.

Foto: Uzbekistan Airways Express`ning birinchi reysi

Uzbekistan Airways Moskvaga birinchi gibrid aviatashuvini amalga oshirdi va Uzbekistan Express`da chiptalar narxlarini e’lon qildi. «Gazeta.uz» muxbiri «to‘liq ekonom» sharoitida bo‘lgan Airbus A320 samolyoti bilan tanishdi va asosiy hamda gibrid modellarning parvozlari o‘rtasida qanday farq borligini o‘rgandi.

Toshkent viloyatida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Ikki tomon vaziyatni turlicha izohlamoqda

Toshkent viloyatida mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Viloyat IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga xalq vakillari tadbirga niqobsiz kelganligi sabab bo‘lgan. Deputatlar esa 50 nafarga yaqin yosh bola va ularning ota-onalari bayramga kiritilmagani, yana bir ayolga kuch ishlatilgani hamda deputatning daxlsizlik huquqi buzilganini aytishmoqda.

«Texnik xatolik». Mahalla telekanali — Islom Karimovning xiralashtirilgan surati haqida

Birinchi prezident Islom Karimovning xiralashtirilgan surati Mahalla telekanalida efirga uzatilayotgan serialda namoyish etildi. Kanal rahbariyati videomontaj vaqtida portretga xira tortilganini «texnik xatolik» deb atadi.

Foreign Languages telekanali tashkil etilmoqda

Oilaviy telekanali negizida Foreign Languages xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etilmoqda. Telekanal dasturlarni bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi.

Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochildi

Prezident qarori bilan Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochildi. OTMda ta’lim faoliyati 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi. Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

TIV O‘zbekiston afg‘on qochqinlari uchun o‘z chegaralarini ochishini rad etdi

O‘zbekiston TIV Afg‘onistondagi toliblar rejimidan qochayotgan odamlar uchun o‘z chegaralarini ochishga tayyor ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda o‘zbek-afg‘on chegarasi to‘liq yopilgan va «Termiz» chegara postini ochish hozircha rejalashtirilayotgani yo‘q.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar:

Siz mening Navoiydagi vakilim bo‘lasiz — prezident tadbirkor qizga avtomobil sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Navoiyga tashrifi davomida viloyat yoshlari bilan suhbatda bo‘ldi. Prezident yosh tadbirkor Mirey Amanbayevaga avtomobil sovg‘a qilib, unga yoshlarni jo‘shqinlantirishini, davlat rahbarining Navoiydagi vakili bo‘lishini aytdi.