Yanvar — iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,1%ga oshgan.
Respublika bo‘yicha tayyorlangan pilla xom-ashyosining umumiy hajmida hududlarning ulushi:
yuqori ulushga ega:
- Samarqand viloyati — 13,0%;
- Andijon viloyati — 12,8%;
- Buxoro viloyati — 10,5%;
- Qashqadaryo viloyati — 9,4%;
- Farg‘ona viloyati — 9,3%.
kam ulushga ega:
- Qoraqalpog‘iston R. — 3,3%;
- Sirdaryo viloyati -2,7%.