Davlat statistika qo‘mitasining xabar qilishicha, O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 milliondan oshdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 1 iyul holatiga respublikada mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 mln taни tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 14,3% ga oshgan.
24 mln 868,1 ming ta abonent jismoniy shaxslar hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,8% ga oshgan.
Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 79 бирликни tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, 1 aprel holatiga respublikada mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln 953,5 mingtani, aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etgan edi.