O‘zbekistonga o‘tgan 7 oy mobaynida 21 ta xorijiy davlatdan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilingan. Ularning umumiy qiymati 258,3 mln AQSh dollariga teng. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yengil avtomobillar importi 2020 yilning yarvar-iyul oylariga nisbatan 5983 taga kamaygan.

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p quyidagi davlatlardan import qilgan:

  • Xitoy — 3 751 ta
  • Koreya — 3 187 ta
  • Rossiya — 2 589 ta
  • Qozog‘iston — 1 330 ta
  • Polsha — 386 ta
  • Litva — 312 ta
  • Tailand — 250 ta
  • AQSh — 238 ta
  • Germaniya — 70 ta
  • Yaponiya — 56 ta

Shuningdek, 2021 yilning 7 oyida umumiy qiymati 7,7 mln dollarga teng jami 432 ta elektromobil import qilinganligi qayd etilgan.