O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi taqdim etildi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.
Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.
Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
- «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
- «Xalqparvar davlat»
- «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
- «Adolatli ijtimoiy siyosat»
- «Ma’naviy taraqqiyot»
- «Xavfsizlik va tashqi siyosat»
- «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».
Kitob so‘zboshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.
Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi ham «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» deb nomlanadi.