Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 16 sentabrdan kuchga kiradi:
- 1 AQSh dollari 19,38 so‘mga ko‘tarildi va 10 706,00 so‘mni tashkil etmoqda;
- 1 Yevro 34,68 so‘mga ko‘tarildi va 12 659,85 so‘m deb baholandi;
- 1 Rubl 0,86 so‘mga ko‘tarildi va 147,40 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 34,93 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 686,62 so‘mni tashkil qilgandi.