Prezident ma’muriy va soliq yukini kamaytirish bo‘yicha farmonni imzoladi

Qat’iy belgilangan miqdordagi JSHODS to‘lovchisi bo‘lgan yakka tadbirkorlar soliq hisobotini topshirmaydi. YATTlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2 martaga qisqaradi. 2022 yildan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun soliq bo‘yicha yengilliklar berildi

Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

“Amirsoy” da 700 tup daraxtlar kesilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 1,9 mlrd so‘m etib baholanmoqda.

Elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etildi

O‘zbekistonda elektromobillarni sotib olishda va vaqtincha olib kirishda avtotransport yig‘imi bekor qilindi. Soliq kodeksining 459-moddasi ushbu yangi tartibni ko‘zda tutgan 9-band bilan to‘ldirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Dushanbega jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek SHHTga raislik O‘zbekistonga o‘tadi.

Kattaqo‘rg‘onda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘limi bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olindi

Iyun oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi va 2 nafar shaxsga “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.

3500 ta kompaniya soliq to‘lamaslik uchun qasddan bankrot qilingan — DSQ

DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda 6,7 trln so‘m soliqlarni to‘lamaslik maqsadida 3500 ta kompaniya bankrotlik asosida tugatilgan. Ushbu korxonalar ta’sischilari yangidan korxonalar tashkil etishda davom etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

YHX xodimlarining yangi namunadagi formasi tasdiqlandi

Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining yangi namunadagi formali kiyim-boshi tasdiqlandi. IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansambli kiyim-kechak mulklari bilan ta’minlash me’yorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

NKMK oltin rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi

“Pistali” konida umumiy qiymati 274 mln dollardan ziyod bo‘lgan, tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish loyihasi “Navoiy KMK” tomonidan amalga oshiriladi.

1,5 trln so‘mlik QQS qasddan noto‘g‘ri hisobga olingan — DSQ

DSQ tomonidan o‘tkazilgan kameral tekshiruvlarda 16,5 mingdan ziyod yuridik shaxs tomonidan 1,5 trln so‘mlik QQS noto‘g‘ri hisobga olingani aniqlandi.

ACWA Power kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini quradi

Qoraqalpog‘istonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Saudiyaning ACWA Power energetika kompaniyasi g‘olib deb topildi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.

“IKEA mebel fabrikasi loyihasi taklif sifatida aytilgan” — Davron Hidoyatov

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.

Abituriyentlarning qariyb 36 foizi o‘tish bahosini to‘play olmagan

2021 yilda qariyb 893 ming abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to‘play olmadi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.