Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 25 mlrd AQSh dollarini tashkil etganligini ma’lum qildi. Avgust oyining o‘zida tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,4 mlrd dollarga yoki 15,7% ga o‘sgan.
Yanvar-avgust holatiga ko‘ra, tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- Eksport — 9,3 mlrd, shu jumladan:
- mahsulotlar — 7,7 mlrd
- xizmatlar — 1,6 mlrd
- Import — 15,7 mlrd, shu jumladan:
- mahsulotlar — 14,7 mlrd
- xizmatlar — 1,0 mlrd
Umumiy saldo — 6,4 mlrdga teng.
Yanvar-avgust oylarida import hajmi eksport hajmiga qaraganda tezroq o‘sayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, avgust oyining o‘zida eksport hajmi 14,8% ga, import hajmi esa 17,2% ga o‘sgan. Tashqi savdo saldosiga oid passiv balans 1,1 mlrd dollarga (20,8%) ko‘paygan.
Ma’lumot uchun, yanvar-iyul holatiga respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning mos davriga nisbatan salkam 2 mlrd dollarga yoki 10,1% ga ko‘payib, qariyb 21,6 mlrd dollarni tashkil etgan edi.