Bugun, 22 sentabr kuni Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan Toshkent shahrida «Tungi velosayr» festivali o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Sayr soat 20:00 da Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha davom etadi.
Velosayr paytida avtomobillar qatnovi to‘liq to‘xtatilmaydi.
Velosayr yo‘nalishi
Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari — professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin, deyiladi xabarda.