Shavkat Mirziyoyev Xorazmda saylovchilar bilan uchrashuvda Xorazmda ham 1−4 cinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Mikrofon ko‘targan ayol” Telegram-kanali xabar berdi.
Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova 22 sentabr kuni sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushtalar tashkil etilishi haqida ta’kidladi.
Foto: XDP axborot xizmati
U maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportlaridan foydalanish bepul asosda yo‘lga qo‘yilishini ham qo‘shimcha qilgan. XDPning prezidentlikka nomzodining va’dalari uning saylovoldi dasturida mavjud.
Eslatib o‘tamiz, kecha prezident Qoraqalpog‘istonda 1−4 sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berilishini aytgan edi.