Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 23 sentabrdan kuchga kiradi:
- 1 AQSh dollari 9,05 so‘mga pasaydi va 10 679,05 so‘mni tashkil etmoqda;
- 1 Yevro 19,16 so‘mga pasaydi va 12 525,46 so‘m deb baholandi;
- 1 Rubl 0,69 so‘mga ko‘tarildi va 146,66 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning rasmiy kursi 1,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,10 so‘mni tashkil qilgandi.