Buxoroda 5 nafar tuman hokimiga “hayfsan” berildi, 2 nafar hokim jarimaga tortildi, yana biri qattiq ogohlantirildi
Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga binoan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga e’tiborsiz bo‘lgan 5 ta tuman hokimiga “hayfsan” berildi. 2 ta tuman hokimi esa ish haqining 20 foiz miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Buxoro shahri hokimi qattiq ogohlantirildi. Yana bir hokimga fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning holatini chuqur tahlil qilish topshirildi.
14−20 oktabr kunlari saylovda muddatidan oldin ovoz berish mumkin bo‘ladi
14−20 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi.
Tendersiz amalga oshirish mumkin bo‘lgan davlat xaridlari ro‘yxati qisqarishi kutilmoqda
Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari ro‘yxati qisqartirilishi kutilmoqda. Shuningdek, 2022−2025 yillarda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish Strategiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganlarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi
2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazganlarga o‘sha xarid summasining 1 foizi budjetdan qaytariladi. Keshbek har oy yakunida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkaziladi. Chek bermaganlik holati haqida xabar berganlarga undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot tariqasida to‘lanadi.
2024 yilgacha ayrim tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi
Prezident farmoniga ko‘ra, qator tovarlar uchun 2024 yil 1 yanvargacha bojxona boji bekor qilindi. Ular orasiga o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar, taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari, videoo‘yinlar uchun uskunalar va bouling uchun avtomatik uskunalar, stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari va boshqa tovarlar kirgan.
Chilonzorda yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi tafsilotlari ma’lum qilindi
Toshkentning Chilonzor tumanidagi yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi kvartiraning gaz ta’minoti tizimiga ruxsatsiz ulanishi oqibatida yuz berdi, deya ma’lum qildi “Hududgazta'minot”. Aniqlik kiritilishicha, bino hali foydalanishga topshirilmagan.
“Bundan keyin barcha adiblarimizning muzeylariga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytiriladi” — Aziz Abduhakimov
Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov muzeylarga bo‘lgan yondoshuv tubdan o‘zgarayotganini ta’kidladi. “Bundan keyin barcha adiblarimizning muzeylari va hatto uy-muzeylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytiriladi”, — dedi u.
“Pandora Papers” oshkor qilgan ofshor operatsiyalari va O‘zbekistonga aloqador ma’lumotlar
Taniqli siyosatchilar, davlat va hukumat rahbarlari, mashhur boylarning ofshor operatsiyalari haqida e’lon qilingan “Pandora Papers” hujjatlarida O‘zbekistonga millionlab investitsiya kiritgan irland kompaniyalari hamda Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumon qilinadigan Telia kompaniyasi vakillari haqida ham so‘z boradi. Shuningdek, surishtiruv doirasidagi hujjatlarda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning oilasi, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Iordaniya qiroli, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri va boshqa taniqli shaxslarning ofshor operatsiyalari haqida ma’lumot keltirilgan.
Samarqandda bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi
Samarqand shahridagi bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Iyul-sentabr oylarida 675 ta qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd etilgan
Iyul-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilingan. Eng ko‘p bunday nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Prezident AQSh delegatsiyasi bilan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Shermanni qabul qildi. Uchrashuvda ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari qatorida tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi. Qolaversa, O‘zbekiston yetakchisi AQSh tomoniga beg‘araz yetkazilgan 5 mln dozadan ortiq vaksina uchun minnatdorchilik bildirdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga yetib keldi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi. Aeroportda uni prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi. Ertaga ikkala davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berdi
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova bir kunning o‘zida (4 oktabr) 866 tup daraxtni kesishga oid 12 ta qarorni imzoladi. Daraxtlar zararkunandalar va iqlim ta’siri oqibatida qurib qolgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:
Qo‘llanma: “Tonirovka” uchun onlayn ruxsatnoma olish
1 oktabrdan boshlab avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnomani faqat YAIDXP orqali rasmiylashtirish mumkin. O‘quvchilarning iltimosiga ko‘ra, “Gazeta.uz” “tonirovka” sertifikatini olish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.