Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020−2021 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari soni 127 tani tashkil etgan. Ularning 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.

Shuningdek, O‘zbekistonda 2020−2021 o‘quv yili boshida 20 ta xorijiy oliy ta’lim muassasai mavjud ekani qayd etilgan.

Eng ko‘p yotoqxona Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, jami 31 tani tashkil qiladi.

2020−2021 o‘quv yili boshidagi holatga ko‘ra, viloyatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar yotoqxonalari soni:

  • Samarqand viloyati — 9 ta
  • Farg‘ona viloyati — 8 ta
  • Surxondaryo viloyati — 6 ta
  • Andijon viloyati — 5 ta
  • Qashqadaryo viloyati — 5 ta
  • Qoraqalpog‘iston R. — 4 ta
  • Buxoro viloyati — 4 ta
  • Toshkent viloyati — 4 ta
  • Namangan viloyati — 3 ta
  • Xorazm viloyati — 3 ta
  • Jizzax viloyati — 3 ta
  • Navoiy viloyati — 2 ta
  • Sirdaryo viloyati — 1 ta.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2021−2023 yillarda «Talabalar uylari» tashkil etish dasturi ishlab chiqilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, prezident yotoqxona o‘rinlari sonini oshirish uchun joriy yilda budjetdan 50 milliard so‘m ajratilishini aytib o‘tgandi.

9 sentabrda talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar qurilishi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022 yilda 47 ta, 2023 yilda 67 ta, 2024 yilda 62 ta, 2025 yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan.

Bundan oldin ijarada yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.