Toshkent viloyati hokimi farmoyishi bilan, viloyat mahalliy budjetining 2021 yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat IIBBga 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratadi.
Ushbu mablag‘lar:
- huquqbuzarliklarning oldini olish;
- jamoat tartibini saqlash;
- jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Toshkent viloyatiga qo‘shimcha ajratilgan profilaktika inspektorlari va patrul post xizmati shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash uchun ajratiladi.