O‘zbekiston va YeTTB birinchi svop operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston derivativlar bozorini rivojlantirish orqali xorijiy valyutaga bog‘liqlikni kamaytirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda mamlakat YeTTB bilan ilk sinov svop operatsiyasini o‘tkazishga kelishib oldi.
O‘zbekiston qamoqxonalarida 2000 dan ziyod diniy va siyosiy mahbus bor - AQSh komissiyasi hisoboti
O‘zbekistonda diniy va siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan 2000 nafardan ziyod mahbus bor. AQShning Diniy erkinliklar bo‘yicha xalqaro komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu sobiq ittifoq respublikalaridagi barcha diniy mahbuslar yig‘indisidan ko‘ra ko‘proq va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Komissiya O‘zbekiston yutuqlarini qayd etdi, lekin ushbu soha jiddiy islohotga muhtoj deb hisoblaydi.
O‘zbekistonda tug‘ilgan ayol Chernogoriya “oltin pasportini” olganligi ma’lum bo‘ldi
Chernogoriya hukumati investitsiya kiritganligi uchun mamlakat fuqaroligini bergan xorijliklar orasida Samarqandda tug‘ilgan ayol ham borligi ma’lum bo‘ldi. “Oltin pasportlar” 250 mingdan 450 ming yevrogacha Chernogoriyadagi loyihaga sarmoya kiritgan va hukumat jamg‘armasiga 100 ming yevro to‘lagan investorlarga beriladi.
Endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin
Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga oid qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga muvofiq, endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin. Qolaversa, OTMlar qatorida kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlarda ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.
“Yangi zavodimizni buzishmoqchi”. Safia asoschisi prezidentga murojaat qildi
Safia qandolat mahsulotlari tarmog‘i asoschisi Bekzod Samigjonov kompaniyaning yaqinda qurilgan yangi zavodini qutqarishni so‘rab prezidentga murojaat yo‘lladi. Zavod qurilgan yer prezident topshirig‘i bilan berilgandi. Biroq, yerning avvalgi ijarachisi sud orqali yer ajratish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga erishdi.
9 oy davomida bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistondagi bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. Shundan 2,4 mlrd so‘m mablag‘ tashkilotlarda aslida ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqi bo‘lib chiqqan.
Rustam Azimov bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketganidan keyin birinchi marta OAVda chiqish qildi
Sobiq moliya vaziri, “O‘zbekinvest” kompaniyasi rahbari Rustam Azimov O‘zA uchun maqolasida O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar haqida fikrlari bilan bo‘lishdi. Bu Azimovning 2017 yil iyunda bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketganidan so‘ng OAVdagi birinchi chiqishi.
O‘zbekistonda Renault avtomobillari savdosi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Roodell kompaniyasi O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish tafsilotlarini ma’lum qildi. Birinchi avtmobil noyabr oyidayoq tayyor bo‘ladi. Dastlab sotuvga ikkita krossover, so‘ngra yo‘ltanlamas chiqariladi.
Termizga Afg‘oniston uchun gumanitar yukning birinchi partiyasi yetib keldi
Termizdagi logistika markazi Afg‘oniston uchun mo‘ljallangan gumanitar yordamning birinchi partiyasini qabul qildi. BMT Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan yuborilgan yuklar Mozori-Sharifga yuk mashinalarida yetkaziladi. Birinchi yukning hajmi 32 tonnani tashkil etgan.
2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi mustaqil faoliyat yuritadi
2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi. Bemorlarga Toshkentga temir yo‘l va aviatransport kelish harajatlari qoplab beriladi. Buning uchun ularga imtiyozli yo‘llanma yoki vaucherlar beriladi.
ACCA sertifikatlari uchun o‘qish va imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi
Moliya vazirligi o‘qish va imtihon xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasiga ACCA va CIMA sertifikatlari kirgan. Shuningdek, kimning o‘qish va imtihon xarajati kompensatsiya qilinishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘onaga ko‘tarildi
World Justice Project tashkiloti 2021 yilgi Huquq ustuvorligi indeksi natijalarini e’lon qildi. Tadqiqotlar COVID-19 pandemiyasi sabab 74,2 foiz mamlakatda huquq ustuvorligi ko‘rsatkichlari pasayganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonga berilgan baholar esa 4,1 foizga oshdi, natijada 139 ta davlat orasida 85 o‘rinni egalladi.
Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlari kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan yubiley majlisida ishtirok etdi. Prezident samarali mintaqalararo va transqit’aviy transport yo‘laklari tizimini, shu jumladan yuk tashish tariflarini pasaytirish va tartibotlarini soddalashtirish orqali yanada rivojlantirish zaruriyatiga alohida e’tibor qaratdi. U afg‘on xalqiga insonparvarlik va iqtisodiy yordamni davom ettirish maqsadga muvofiq ekanini ham ta’kidladi.
ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi
Hukumat qaroriga muvofiq haydovchining YPX inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmasa ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi. Shuningdek, 2022 yil 1 fevralgacha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.
Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan startaplar tasdiqlandi
Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati qishloq xo‘jaligi, biologiya, tibbiyot, filologiya, IT va boshqa sohalarda 12 ta startap loyihasini ma’qulladi. Ular orasida 1,2 mlrd so‘mlik Google va “Yandeks” qidiruv tizimlari uchun o‘zbek morfologiyasi dasturiy analizatorini ishlab chiqish loyihasi ham bor.
O‘zbekistonga koronavirus tahlili uchun ko‘chma laboratoriya olib kelindi
Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga PSR tekshiruvini o‘tkazish uchun mobil laboratoriya yetkazib berdi. Laboratoriya quvvati bir kunda 1500 ta tahlil o‘tkazishga mo‘ljallangan. Ushbu laboratoriyada koronavirusga bepul test topshirish mumkin.