Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev foiz 80,1% ovoz bilan g‘alaba qozondi. MSK uni prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganligini e’lon qildi.
Shuningdek, XDP nomzodi Maqsuda Vorisova 6,6%, «Milliy tiklanish» nomzodi Alisher Qodirov 5,5%, Ekopartiya nomzodi Narzullo Oblomurodov 4,1% va «Adolat» nomzodi Bahrom Abduhalimov 3,4% ovoz olishdi.
MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev. Foto: MSK.
Saylovda ovoz berganlar soni 16 mln 212 ming 343 nafarni yoki 80,4% foizni tashkil etdi.
Saylovlar xalqaro standartlarga va milliy qonunchilikka mos ravishda haqiqiy raqobat sharoitida bo‘lib o‘tdi, deya ta’kidladi Zayniddin Nizomxo‘jayev.
U saylov sanasini «qorli va sovuq dekabrdan» iliq oktabrga o‘tkazilganligi to‘g‘ri qaror bo‘lganligini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, O‘zLiDeP vakillari Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasini nishonlash uchun Humo Arena saroyida tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Ma’lumot uchun, 2016 yilgi saylovlarda Shavkat Mirziyoyev 88,61% saylovchilarning ovozini olgan edi.