Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston geosiyosiy raqiblar manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylansa, nima bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi. Intervyu matni TIV matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi
«Bugun ko‘p qutbli, bir-biriga qarama-qarshi dunyo shakllanmoqda. Bunday dunyoda yashab, bir tomonlama siyosatga, bir tomonlama vektorga tayansangiz, u holda bunday siyosat yetarlicha mahsuldor va hattoki kontrmahsuldor bo‘lmaydi. Yanada aniqrog‘i, bunday yo‘nalish o‘zida muayyan xatarlarni mujassam etishi mumkin», — dedi TIV rahbari.
«Yirik derjavalar bilan hamkorlikka keladigan bo‘lsa, realist bo‘lish va bu narsa allaqachon davom etayotganini tan olish kerak. Hattoki tashqaridan yetarlicha yaqin deb hisoblanuvchi mamlakatlar o‘rtasida ham. Ayni paytda bu hamkorlik mintaqada davom etmoqda. Bunday sharoitda biz nima qilamiz, degan savol tug‘iladi. Biz hozir nima qilayotgan bo‘lsa, xuddi shunday qilamiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.
Afsuski, uning ta’kidlashicha, yangi sovuq urushning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilan raqobat yanada kuchayib bormoqda. Bu dunyodagi vaziyat yanada og‘irlashayotgan bir vaqtda ushbu hodisa oqibatlarini yanada kuchaytiradi.
«Kurashish va raqobat biz uchun noxush siyosiy oqibatlarga olib kelishini istamas edik. Ular bizni bir tomon tufayli boshqa tomon qabul qilmaydigan pozitsiyani tanlashga majbur bo‘ladigan holatga keltirishlari qabul qilinishi mumkin emas. Ushbu murakkab vazifa jiddiy diplomatik ishni talab qiladi», — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
«Umuman olganda, bizda bu borada tajriba bor, — deya qo‘shimcha qildi vazir. — Markaziy Osiyo geostrategik joylashuvidan kelib chiqib, hamisha diqqat markazida bo‘lib kelgan. Albatta, men hech qanday oqibatlarga olib kelishini xohlamayman».
«Agar afg‘on muammosining kelib chiqishi va tub sabablariga qaytadigan bo‘lsak, bu, birinchi navbatda, sovuq urush davridagi ikki siyosiy tizim o‘rtasidagi keskin qarama-qarshilik natijasi bo‘ldi. Shuning uchun boshqa ssenariylar allaqachon boshlangan», — dedi TIV rahbari.
«Shuning uchun biz ayni paytda intilayotgan yo‘nalishni davom ettiramiz. Bizda aniq tasavvur va aniq konsepsiya bor. Biz hech kim bilan ziddiyatga bormaymiz va har doim milliy manfaatlarimizdan kelib chiqamiz», — deya xulosa qildi Abdulaziz Kamilov.