Obodonlashtirish sohasidagi xodimlarga ustama to‘lanadi. Bu haqda 27 oktabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga obodonlashtirish sohasidagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi tashkil etilgan tuman va shaharlarda obodonlashtirish xizmati qamrovini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qarorida aytilmoqda, deb xabar berdi Norma.
Hujjatga asosan, maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga:
- oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi;
- ovqatlanish uchun BHMning bir baravari miqdorida kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorda har choraklik mukofot to‘lanadi:
Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot olish huquqini beradigan obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz ish staji | Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent |
1 yildan 3 yilgacha | 0,3 |
3 yildan 5 yilgacha | 0,6 |
5 yildan 10 yilgacha | 0,8 |
10 yil va undan ko‘p | 1,0 |
Shuningdek, qaror bilan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlari va h.k.da tashkil etiladi.