Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 2 noyabrdan kuchga kiradi.
- 1 AQSh dollari 15,87 so‘mga ko‘tarildi va 10 690,08 so‘mni tashkil etmoqda;
- 1 Yevro 74,51 so‘mga pasaydi va 12 364,15 so‘m deb baholandi;
- 1 Rubl 0,31 so‘mga pasaydi va 150,99 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,79 so‘mga pasayib, 10 674,21 so‘mni tashkil qilgandi.