4 noyabr kuni kechqurun Toshkentda kuzatilgan g‘ayrioddiy chang-qumli tumanga shamolning kuchayishi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami ko‘tarilishi sabab bo‘ldi. Yarim tunda shamol to‘xtadi, lekin chang havoda uzoq saqlanib turdi. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin bugun ertalab Toshkentda sayr qildi.

O‘zgidromet atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshganini ma’lum qilgan.

Toshkent shahri va boshqa hududlarda ko‘chalar, avtomobillar, tashqarida bo‘lgan odamlarning kiyimlari chang qatlami bilan qoplandi. Chang hatto yopiq derazalar orqali binolar ichiga kirib, ichkarida ham sezilgan.

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, poytaxtda changli tuman juma kuni ham saqlanib qoladi. Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

SSV 4 noyabr kuni kechki vaqtdan buyon Toshkent shahrida tez yordam xizmatiga nafas siqishi shikoyati bilan 678 ta murojaat kelib tushganini ma’lum qildi.

Foto

Respublika ixtisoslashtirilgan allergiya ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova ochiq havoda bo‘lmaslik va niqob taqishni tavsiya qildi.