Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda changli g‘ubor bo‘ladi. Havo harorati +3…+8 darja iliqdan ko‘tarilmaydi. Bu oy boshi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan +12…+15 darajaga past bo‘ladi. Bunga kecha Ural hududlaridan mamlakatimizga kirib kelgan sovuq antitsiklon sababchidir.

Dam olish kunlari sovuq antitsiklonning ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

Ertaga havo harorati kechasi -3 daraja sovuq +2 daraja iliqni, kunduz kuni +6…+11 daraja iliqni tashkil etadi. Yakshanba kuni kechasi 0…+5 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda esa -2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kuni +9…+14 daraja iliqgacha isiydi.