O‘tgan 3 yilda 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyoz asosida OTMlarga o‘qishga kirgan
2018−2020 yillarda jami 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, OTMlarga o‘qishga kirgan. Bosh prokuratura o‘rganishlariga ko‘ra, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni orttirilgan. Turizm va sport vazirligi bunda asosiy aybdor musobaqa bosh hakamlari ekanligini ta’kidlab, ular sport federatsiyalari tomonidan belgilanishini qayd etdi.
Davlat Bobonov harbiylar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonov dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. Yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik chang‘ichi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Futbol. “Nasaf” OFK Kubogi finalida mag‘lubiyatga uchradi
Futbol bo‘yicha Qarshining “Nasaf” klubi OFK Kubogi finalida Bahraynning “Muharraq” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi.
Gollarga 2-daqiqada Almardi, 74-daqiqada Sabba hamda 80-daqiqada Cheversanlar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa qarshiliklar OFK Kubogida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Boks. Abdumalik Xalakov kumush medalni qo‘lga kiritdi
Serbiyadagi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov hal qiluvchi jangda fransiyalik Sofian Umiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa musobaqani ikkita medal bilan yakunladi.
Taekvondo bo‘yicha mamlakat birinchiligi o‘z g‘oliblarini aniqlab oldi
Taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Ayollar -53 kg vazn toifasida Charos Qayumova g‘alaba qozondi. -57 kg vazn toifasida yosh sportchi Ozoda Sobirjonova 2017 yilgi jahon chempionati sovrindori Dinora Mamadibragimovadan ustun keldi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa Jasurbek Jaysunov (-68 kg), Shuhrat Salayev (-80 kg) va Shohruh Rajabov (+87 kg) g‘alaba qozondi.
Foto: MOQ axborot xizmati
Batafsil:
Ayollar
-53kg
Oltin — Charos Qayumova
Kumush — Sitora Ergasheva
Bronza — Asalxon Xo‘janiyozova
Bronza — Nozima Xolmuhammedova
-57kg
Oltin — Ozoda Sobirjonova
Kumush — Dinora Mamadibragimova
Bronza — Laylo Polatova
Bronza — Pokiza Po‘latova
Erkaklar
-74kg
Oltin — Jasurbek Jaysunov
Kumush — Najmiddin Qosimxojiyev
Bronza — Diyorbek Haydarov
Bronza — Shahboz Tusmatov
-80kg
Oltin — Shuhrat Salayev
Kumush — Mavlonbek To‘xtasinboyev
Bronza — Azizbek Abduqodirov
Bronza — Abduqodir Xo‘jayorov
+87kg
Oltin — Shohruh Rajabov
Kumush — Javlonbek Sunnatulayev
Bronza — Mirzonozim Sharapov
Bronza — Muhammadali Turg‘untoshev
“Paxtakor” — O‘zbekiston chempioni!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 24-tur uchrashuvlari o‘tkazib bo‘lindi. Natijalar bilan tanishing:
24-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishda:
Mazkur turda keyin bundan bir tur avval chempion bo‘lgan “Paxtakor” jamoasiga chempionlik kubogi topshirildi.
Foto: O‘zPFL matbuot xizmati