2000 yildan 2020 yilgacha O‘zbekistondan 1 107 854 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketgan. 20 yil ichida mamlakatga ko‘chib kelgan xorijliklar soni 11 baravar kam — 99 341 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi «Gazeta.uz» so‘rovi asosida ma’lum qildi.
O‘zbekistondan doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ketganlar soni.
O‘zbekistondan eng ko‘p ko‘chib ketganlar soni 2005 yilda — 104,9 ming kishi, eng kami — 2019 yilda (13229 nafar) ro‘yxatga olingan. Pandemiya sharoitida 2020 yilda 13 648 kishi mamlakatdan ko‘chib ketgan.
O‘zbekistonga ko‘chib kelgan xorijliklar soni.
O‘zbekistonga joylashish uchun eng ko‘p xorijliklar 2002 yilda — 7155 nafar, eng kami — 2020 yilda (1105 nafar) kelgan.
Davlat statistika qo‘mitasi faqatgina 2018−2020 yillar kesimida immigratsiya va emigratsiya haqidagi ma’lumotlarni mamlakatlar bo‘yicha taqdim eta oldi.
O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni
Davlat /yillar | 2018 | 2019 | 2020 | 2018−2020 |
Jami | 17 579 | 13 229 | 13 648 | 44 456 |
Qozog‘iston | 8 848 | 7 645 | 5 843 | 22 336 |
Rossiya | 7 627 | 4 903 | 6 503 | 19 033 |
AQSh | 233 | 112 | 16 | 361 |
Isroil | 147 | 100 | 49 | 296 |
Qirg‘iziston | 100 | 59 | 36 | 195 |
Germaniya | 95 | 65 | 28 | 188 |
Tojikiston | 88 | 70 | 23 | 181 |
Ukraina | 60 | 49 | 17 | 126 |
Boshqa xorijiy davlatlar | 381 | 226 | 1 133 | 1 740 |
Uch yil davomida O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Qozog‘istonga ko‘chib ketgan — 22336 kishi. Rossiya ikkinchi ommaviy yo‘nalish bo‘ldi — 19033 kishi. Shuningdek, o‘zbeklar AQSh — 361, Isroil — 296, Qirg‘iziston — 195, Germaniya — 188, Tojikiston — 181, Ukraina — 126 va boshqa mamlakatlarga 1740 kishi yashash uchun ketgan.
O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni
Davlat /yillar | 2018 | 2019 | 2020 | 2018−2020 |
Jami | 2850 | 2543 | 1105 | 6498 |
Qozog‘iston | 793 | 854 | 413 | 2060 |
Tojikiston | 797 | 545 | 230 | 1572 |
Rossiya | 676 | 583 | 236 | 1495 |
Qirg‘iziston | 281 | 306 | 96 | 683 |
Turkmaniston | 90 | 50 | 16 | 156 |
Ukraina | 33 | 31 | 15 | 79 |
SAQShSHA | 30 | 22 | 12 | 64 |
Isroil | 31 | 14 | 12 | 57 |
Turkiya | 12 | 21 | 14 | 47 |
Boshqa xorijiy davlatlardan | 107 | 117 | 61 | 285 |
O‘zbekistonga qo‘nim topish maqsadida yana Qozog‘istondan ko‘pchilik — 20160 kishi kelgan. Immigrantlar soni bo‘yicha Tojikiston ikkinchi o‘rinni egalladi — 1572 kishi, undan keyin Rossiya — 1495 kishi, Qirg‘iziston — 683, Turkmaniston — 156, Ukraina — 79, AQSh — 64, Isroil — 57, Turkiya — 47 va boshqa davlatlar — 285.