Hukumatning tegishli qaroriga binoan, Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimidan ozod etildi.
Ushbu qaror bilan Pedagogika universitetining sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etilgan.
oktabr oyi oxirida Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari o‘z xonasida 3 kurs talabasiga tegajog‘lik qilgani aytilayotgani haqida xabar berilgan edi. Qiz qarshilik ko‘rsatgandan so‘ng dekan muovini uni derazadan itarib yuboradi va qiz tushib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dekan o‘rinbosari qo‘lga olingan.
Keyinroq Oliy ta’lim vazirligi Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari va talaba qiz bilan bog‘liq voqeani nazoratiga olganini ma’lum qilgandi. Vazirlik ushbu holatga yo‘l qo‘ygan universitet rahbariyati va mas’ullariga nisbatan qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa jabrlanuvchi qizning salomatligini o‘z nazoratiga olgandi.