Chorshanba kuni ertalab Toshkentning Labzak hududidagi katta daraxt yo‘l chetiga qulab, Matiz avtomashinasining old qismiga urilgan.

Surat «Gazeta.uz» o‘quvchilari tomonidan yuborilgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan. Jabrlanganlar yo‘q. Mashinaning old qismi shikastlangan.

Daraxt ko‘chaning yarmini to‘sib qo‘ygan, mashinalar uni aylanib o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: «Gazeta.uz»

Kechasi shaharda yomg‘ir yog‘di, keyinchalik u qorga aylandi. Daraxt namlikning og‘irligi ostida singan bo‘lishi mumkin.