17 noyabrdan boshlab O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgani haqida xabar bergan edik.
Energetika vazirligi magistral va taqsimlovchi gaz quvurlari ishida texnologik rejim buzilishlarning oldini olish maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida kechki va tunggi vaqtlari oralig‘ida cheklovlar joriy qilinishini aytib o‘tgan.
«O‘ztransgaz» AJ matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga shoxobchalarning hududlar kesimidagi ish jadvalini taqdim etdi:
Andijon viloyatida | 16:00dan 05:00ga qadar |
Jizzax viloyatida | 17:00dan 23:00ga qadar |
Navoiy viloyatida | 19:00dan 06:00ga qadar |
Namangan viloyatida | 18:00dan 06:00ga qadar |
Samarqand viloyatida | 15:00dan 23:00ga qadar |
Sirdaryo viloyatida | 17:00dan 23:00ga qadar |
Surxondaryo viloyatida | 17:00dan 23:00ga qadar |
Toshkent viloyatida | 16:00dan 22:00ga qadar |
Farg‘ona viloyatida | 20:00dan 23:00ga qadar |