UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha bekor qilingan shartnomalarning mablag‘larini qaytaradi va kompensatsiyani amalga oshirishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Chevrolet Captiva 5 avtomobili bo‘yicha jami 461 ta shartnoma puli to‘langan. Ayni paytda, 207 nafar xaridor ushbu avtomobil o‘rniga boshqa transport vaositasini olishga qaror qilgan, 161 nafari esa to‘langan mablag‘ni qaytarilishi uchun ariza bilan murojaat qilgan va ularga pullari qaytarib berilgan. 41 nafar mijozlar kechadan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik to‘lov summasini olgan.
Kompaniya xabarida keltirilishicha, qolgan xaridorlar ham o‘z mablag‘lari va kompensatsiyani yaqin ikki-uch kun ichida oladi.
Avvalroq, UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni to‘xtatishga majbur ekanliginini ma’lum qilgandi.
Kompaniya bayonotida mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘langan barcha mablag‘lar to‘liq qaytarilishi aytilgandi. Shuningdek, kompaniya qo‘shimcha ravishda oldindan to‘lov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etilishi haqida keltirilgandi.