Toshkent shahrida yo‘l haqi 3000 so‘m bo‘lgan yangi ekspress avtobus yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar transport boshqarmasiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 20,5 km masofalik ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.


Bunda avtobuslar Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqahramon bozori yaqinidan qayrilib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi.