Toshkent viloyatida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB
9 dekabr kuni soat 07:30 larda Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Olmaliq» avtomobil yo‘lining 36-kilometrida bir yo‘nalishda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan Damas, Nexia, Spark va Nexia-3 rusumli avtomobillar hamda Isuzu avtobusi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Ma’lumotga ko‘ra, YTH tumanli ob-havo sharoitida yo‘lning ko‘rinish masofasi kamligi sababli yuzaga kelgan. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.