Xorazmda 43 yoshli ayol Toshkentdan Urganchga qarab ketayogan yo‘lovchi poyezdining urib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etdi. Bu bo‘yicha internetda tarqalgan videoxabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Hodisa 8 dekabr kuni soat 09.25 larda sodir bo‘lgan. «Ayolni ehtiyotsizligi tufayli „Istiqlol-Hazorasp“ yo‘nalishida kelayotgan yo‘lovchi poyezdi urib ketgan va olgan og‘ir tan jaroxatlari tufayli voqea joyida vafot etgan», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Hozirda holat yuzasidan Urganch transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.